logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mbappe Braziliya bilan o'ynashi mumkin - ikkita variant bor

 26 MART, 2026, 17:48

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham yulduz hujumchi Kilian Mbappe Braziliya terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tadigan o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etishi mumkinligini ma'lum qildi.

«Kilian asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin, ammo uchrashuvni final hushtagigacha davom ettirmasligi ehtimoli bor. Shuningdek, uning zaxiradan maydonga tushish varianti ham mavjud. Biz yulduzlarimizning sog'lig'ini xavf ostiga qo'yishni istamaymiz, chunki ularni oldinda hali ko'plab muhim o'yinlar kutmoqda», — deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi RMC Sport.

Braziliya va Frantsiya o'rtasidagi uchrashuv bugun, 26 mart kuni bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ