logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Oston O'runov Rossiyaga qaytadimi? Shamil Gazizov transfer ehtimoliga oydinlik kiritdi

 26 MART, 2026, 17:42

Maxachqal'aning «Dinamo» klubi bosh direktori Shamil Gazizov Oston O'runov bilan shartnoma imzolanishi mumkinligi haqidagi ma'lumotlarga munosabat bildirdi.

— Biz Oston bilan muntazam aloqada bo'lib turamiz, ammo Maxachqal'aning «Dinamo» klubiga o'tish mavzusida emas. Biz hech qanday taklif bilan chiqmadik, — deya Gazizovning so'zlarini keltiradi «SE».

Shu bilan birga, klub rahbari nazariy jihatdan bunday transfer yozgi mavsumlararo tanaffusda amalga oshishi mumkinligini ta'kidlab o'tdi.

Avvalroq matbuotda 25 yoshli futbolchi «Persepolis»ni tark etmoqchi ekanligi va bu haqda Eron klubi rahbariyatini xabardor qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Eslatib o'tamiz, futbolchi ilgari Rossiyada «Ufa» va «Spartak» sharafini himoya qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ