logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Fabritsio Romano: «Rodrining «Real» haqidagi bayonoti — transfer uchun muhim qadam»

 26 MART, 2026, 14:00

Insayder Fabritsio Romano «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodrining Madridning «Real» klubi haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi.

Ispaniyalik futbolchi kelajakda «qirollik klubi»ga o'tishga mutlaqo qarshi emasligini tan oldi.

«Yaqin kunlarda men sizga Rodri va «Real» haqida — muzokaralar va boshqa tafsilotlar borasida ko'proq ma'lumot beraman. Florentino Peres uni juda qadrlaydi va jamoaga ispaniyalik futbolchilarni qo'shishni istaydi.

Bu Rodri tomonidan berilgan muhim bayonot. Uning Vinisius haqidagi so'zlari ham juda ahamiyatli», — dedi Romano.

Rodrining «shaharliklar» bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan, uning transfer qiymati esa Transfermarkt portali talqiniga ko'ra 65 million evroni tashkil etadi. Iyun oyida futbolchi 30 yoshga to'ladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ