logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mbappe «Bavariya» yulduzining mahoratini yuqori baholadi

 26 MART, 2026, 13:30

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe Frantsiya terma jamoasidagi sherigi, «Bavariya» vingeri Maykl Olise haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Maykl fantastik mavsumni o'tkazmoqda, u o'yindan zavq olmoqda. Ixtiyorimizda bunday darajadagi futbolchi borligidan baxtiyormiz. U bizga hujumda ko'plab taktik imkoniyatlarni taqdim etadi, shuningdek, individual mahoratini namoyish etadi. U milliy terma jamoada o'zini qulay his qilmoqda va biz u uchun ham jamoada, ham maydonda eng yaxshi sharoitlarni yaratishda davom etamiz», — dedi Mbappe matbuot anjumanida.

Joriy mavsumda Olise Myunxenning «Bavariya» klubi safida 39 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 27 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Vinger hisobida Frantsiya terma jamoasi safida 13 ta o'yin va 4 ta gol mavjud.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ