logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» hujum chizig'i uchun kutilmagan nomzod topdi

 26 MART, 2026, 13:30

«Xoffenxaym» hujumchisi Fisnik Asllani «Barselona»ga o'tishi mumkin.

Diario SPORT nashrining xabariga ko'ra, Kataloniya klubi 23 yoshli Kosovo terma jamoasi forvardini yozgi transfer oynasida hujum chizig'ini kuchaytirish uchun potentsial nomzod sifatida ko'rib chiqmoqda. Shuningdek, futbolchining o'zi ham ijtimoiy tarmoqlarda «Barselona» va «Nyukasl» o'rtasidagi Chempionlar ligasi 1/8 final uchrashuvini tomosha qilayotgani aks etgan suratni joylashtirib, «ko'k-anorranglilar» safiga o'tishi haqidagi mish-mishlarni avj oldirdi. Avvalroq Asllani Kataloniya klubida o'ynashni orzu qilishini ta'kidlagan edi.

Fisnik Asllani 2019 yilda «Union»dan «Xoffenxaym» safiga erkin agent sifatida o'tgan. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi 28 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ