logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kolo-Muani o'ziga yangi jamoa tanladi

 26 MART, 2026, 13:06

Hozirda ijara asosida «Tottenxem»da to'p surayotgan «PSJ» hujumchisi Randal Kolo-Muani «Yuventus»ga qaytishni xohlamoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, frantsuz hujumchisi o'tgan yilning sentyabr oyidan beri o'ynayotgan «Tottenxem»da qolish niyatida emas. Ta'kidlanishicha, futbolchi Angliyaga ijaraga ketishidan oldin faoliyat yuritgan «Yuventus» safiga qayta qo'shilishni istamoqda.

«Shporlar» tarkibida Kolo-Muani barcha turnirlarda 34 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 5 bor ishg'ol qildi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 27 yoshli hujumchining bozor qiymati 22 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ