logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Inter» himoya chizig'ini «Atletiko» futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi

 26 MART, 2026, 13:00

«Atletiko» himoyachisi Xose Ximenes faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

FcInterNews.it nashrining ma'lumotlariga ko'ra, urugvaylik futbolchining transferiga «Inter» qiziqish bildirmoqda. 31 yoshli futbolchining yaqinlari Milan klubi tomonidan bo'layotgan qiziqishdan xabardor va «Inter»ni Evropaning etakchi klublaridan biri deb hisoblashadi. Ximenesning kelajagi borasidagi muzokaralar, katta ehtimol bilan, Jahon chempionati yakunlanganidan keyin bo'lib o'tadi.

Xose Ximenes 2013 yilda «Danubio»dan «Atletiko» safiga bir million evro evaziga o'tgan edi. Uning «matraschilar» bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda himoyachi Madrid klubi tarkibida barcha turnirlarda 23 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ