«Bolonya» yulduzi Angliyaga yo'l olishi mumkin
26 MART, 2026, 12:48
«Bolonya» safida A Seriyada to'p surayotgan 21 yoshli argentinalik hujumchi Santyago Kastroda Angliya Premer-ligasiga o'tish variantlari paydo bo'ldi. Bu haqda Tuttobolognaweb jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ma'lum bo'lishicha, futbolchining transferiga Londonning «Chelsi», Birmingemning «Aston Villa» va «Vest Xem» klublari qiziqish bildirmoqda.
Italiya chempionatining joriy mavsumida Kastro 27 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Hujumchi o'z hisobiga 7 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.
Forvardning bozor qiymati 35 million evroni tashkil etadi. Uning «Bolonya» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.
