logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Lorente Xulian Alvaresning kelajagi haqida fikr bildirdi

 26 MART, 2026, 12:42

«Atletiko» yarim himoyachisi Markos Lorente hujumchi Xulian Alvaresning joriy mavsum yakunida Madrid klubini tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

«Xulian Alvares «Atletiko»da baxtli. Uning motivatsiyasi yuqori. Gol urgan vaqtida uning muvaffaqiyatga erishishni qanchalik xohlayotgani ko'rinib turadi. U bor e'tiborini o'yinga qaratgan, OAVda paydo bo'layotgan barcha gap-so'zlar esa shunchaki tashqi shov-qin, xolos. Bu narsalar jamoaga ta'sir qiladi deb o'ylamayman», — deya Lorentening so'zlarini keltiradi Diario SPORT nashri.

Joriy mavsumda Xulian Alvares «matraschilar» safida barcha turnirlarda 44 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «Atletiko» bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ