logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Shimoliy Irlandiya bosh murabbiyi - Italiyaga qarshi o'yin oldidan: «Biz qo'rqmasligimiz kerak»

 26 MART, 2026, 12:42

Shimoliy Irlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Maykl O'Nil Jahon chempionati yo'llanmasi uchun Italiyaga qarshi bo'lib o'tadigan o'tish o'yini oldidan o'z kutishlari bilan o'rtoqlashdi.

Uchrashuv bugun Bergamoda bo'lib o'tadi. G'olib jamoa mundial yo'llanmasi uchun pley-off finalida ishtirok etadi.

«Bizda g'alaba qozonish uchun imkoniyat borligini bilamiz. Futbolchilarimiz kuchli raqiblarga qarshi bahslarda yuqori darajani ko'rsata olishlarini allaqachon isbotlashgan. Bo'lajak o'yin jiddiy sinov bo'ladi, lekin biz tayyormiz. Italiya — ajoyib terma jamoa, biroq biz qo'rqmasligimiz kerak.

Biz uchun diqqatni jamlash va o'yin surati haddan tashqari ochiq tus olmasligi uchun hamma narsani qilish muhim. Menimcha, Italiya bizdan aynan shuni kutmoqda. Hisobni qanchalik uzoq vaqt 0:0 ko'rinishida ushlab tura olsak, favorit bosimni shunchalik ko'p his qila boshlaydi», – dedi O'Nil matbuot anjumanida.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:45 da (27 martga o'tar kechasi) boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ