logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kazemiro «Manchester Yunayted»dan keyin qaerda o'ynashni istashi ma'lum bo'ldi

 26 MART, 2026, 12:36

«Manchester Yunayted»ni tark etishi kutilayotgan braziliyalik tayanch yarim himoyachisi Kazemiro faoliyatini Evropada davom ettirmoqchi. Bu haqda ESPN jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 34 yoshli xavbek Evropaning kuchli beshlik chempionatlaridan biriga o'tishga tayyor. Agar Kazemiro o'ziga mos variant topa olmasa, u holda AQSh (MLS) yoki Saudiya Arabistoniga yo'l olishi mumkin. Ushbu mamlakat klublari yulduz futbolchini o'z saflariga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda.

Braziliyalik futbolchining «qizil iblislar» bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida nihoyasiga etadi. Yarim himoyachi 2022 yilning yozidan buyon mankunianliklar sharafini himoya qilib kelmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ