logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Sanchoga yangi xaridorlar chiqdi

 26 MART, 2026, 12:24

Hozirda ijara asosida «Aston Villa»da to'p surayotgan «Manchester Yunayted» vingeri Jeydon Sancho bir nechta klublar e'tiboriga tushdi.

Jurnalist Ekrem Konurning ta'kidlashicha, Germaniyaning «RB Leyptsig» klubi 26 yoshli futbolchi bilan muzokaralarga kirishgan. Shuningdek, Sancho allaqachon «Yuventus»dan taklif olgani qayd etilmoqda. Bundan tashqari, angliyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga Saudiya Arabistoni klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, avvalroq xabar berilganidek, Dortmundning «Borussiya» klubi ham futbolchini o'z safiga qaytarmoqchi. Biroq bu masalada moliyaviy to'siqlar mavjud.

Joriy mavsumda Sancho barcha musobaqalarda 31 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ