logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Atletiko» afsonasi yana bir mavsum klubda qoladigan bo'ldi

 26 MART, 2026, 12:12

Yarim himoyachi Koke «Atletiko»dagi faoliyatini davom ettiradi.

Mundo Deportivo nashrining ma'lumotlariga ko'ra, 34 yoshli futbolchining «matraschilar» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan edi. Biroq kelishuvdagi shartnomani 2026/27 yilgi mavsum uchun avtomatik tarzda uzaytirish bandi ishga tushdi, shu sababli xavbek keyingi mavsumda ham Madrid klubi sharafini himoya qiladi.

Koke «Atletiko» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va butun faoliyati davomida «matraschilar» safida to'p surib kelmoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi madridliklar tarkibida barcha turnirlarda 44 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga ikkita gol va uchta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Transfermarkt portali Kokening bozor qiymatini 6 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ