logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Atletiko» Alvaresning o'rniga yangi argentinalik to'purarni ko'zlamoqda

 26 MART, 2026, 12:12

Hujumchi Xulian Alvares joriy mavsum yakunlanganidan keyin «Atletiko»ni tark etishi mumkin.

Mundo Deportivo nashrining ma'lumotlariga ko'ra, Madrid klubi shu yozda Alvaresga o'rinbosar sifatida «Strasburg» hujumchisi Xoakin Panichellini sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda. «Matraschilar» murabbiylar shtabi uning o'yin uslubi Alvaresnikiga o'xshash deb hisoblaydi.

Xoakin Panichelli 2025 yilda «Alaves»dan «Strasburg» safiga 17 million evro evaziga o'tgan edi. Uning frantsuz klubi bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda argentinalik futbolchi barcha turnirlarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ