Arteta Alvaresni "Arsenal"da ko'rmoqchi, ammo muammo bor
26 MART, 2026, 09:00
Londonning «Arsenal» klubi Madridning «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresga da'vogarlar qatorida tilga olinmoqda.
«Kanonirlar» bosh murabbiyi Mikel Arteta argentinalik futbolchining o'yiniga qoyil qoladi, biroq transfer amalga oshishi ehtimoli juda past. Jurnalist Migel Dileynining xabar berishicha, ingliz grandi rahbariyati 100 million evro to'lash niyatida emas — «matraschilar» o'z hujumchisi uchun aynan shuncha mablag' talab qilmoqda.
Transfermarkt portalida Xulian Alvaresning taxminiy qiymati 90 million evro etib belgilangan. 26 yoshli futbolchiga shuningdek «Barselona» va «Chelsi» klublari ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda. 2024 yilda «Atletiko» ushbu o'yinchini «Manchester Siti»dan 75 million evroga sotib olgan edi.
