logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Poyet nima uchun Rosenor qiyin vaziyatda "Chelsi"ni boshqarishga rozi bo'lganini tushuntirdi

 26 MART, 2026, 09:00

«Chelsi»ning sobiq futbolchisi Gustavo Poyet nima uchun Liam Rosenor «ko'klar»ni boshqarish taklifini qabul qilgani haqida gapirib berdi.

«Menimcha, Liam bu ishga rozi bo'lishga majbur edi, chunki bu kutilmagan taklif bo'ldi — bunday vaziyatda rozi bo'lish kerak, "yo'q" deb bo'lmasdi. Odamlar: "Balki u yana bir necha yil kutishi kerakmidi", deyishlari mumkin. Ammo yo'q, qachonki "Chelsi" senga murojaat qilsa, rozi bo'lishing shart. Lekin bunday qiyin vazifani qanday uddalash mumkin? Hozir, ketma-ket to'rtta o'yinda mag'lub bo'lgach, unda muammolar yuzaga keldi. Liam uchun murakkab vaziyat», — deya Poyetning so'zlarini keltiradi Football London.

Liam Rosenior shu yilning yanvar oyida Entso Mareska o'rnini egallab, «Chelsi» bosh murabbiyiga aylangan edi. Ayni damda London klubi Angliya chempionati turnir jadvalida 6-o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ