logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Yuventus" "Bolonya" hujumchisini transfer qilishni maqsad qilgan

 26 MART, 2026, 08:48

«Bolonya» hujumchisi Santyago Kastro Italiyaning top-klubiga ko'chib o'tishi mumkin.

il Resto del Carlino nashrining xabariga ko'ra, 21 yoshli forvardni o'z safiga qo'shib olishga «Yuventus» qiziqish bildirmoqda. Agar jamoaga manfaatli taklif tushsa, «Bolonya» argentinalik futbolchini sotish variantini ko'rib chiqishga tayyor.

Santyago Kastro 2024 yilda «Veles»dan 13 million evro evaziga «Bolonya»ga o'tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Kastroning transfer qiymatini 35 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ