"Real" va "Liverpul" "Chelsi" himoyachisini kuzatmoqda
26 MART, 2026, 08:42
«Chelsi»ning o'ng qanot himoyachisi Josh Achimpong Evropa grandlari e'tiborida qolishda davom etmoqda.
Avvalroq, 19 yoshli futbolchi etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgani sababli «ko'klar» safini tark etishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi. CaughtOffside nashrining ma'lumotlariga ko'ra, Madridning «Real» va «Liverpul» klublari vaziyatni kuzatib borayotgan jamoalar qatoriga kiradi. Shuningdek, da'vogarlar orasida Dortmundning «Borussiya»si, «Bavariya», «Nyukasl», «Tottenxem» va boshqa ko'plab klublar nomi tilga olingan.
Josh Achimpong joriy mavsumda «Chelsi» safida barcha turnirlarda 24 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ekspertlari angliyalik futbolchining bahosini 25 million evroga baholamoqda.
