logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mbappe: «Men «Real» uchun yagona echim emasligimdan xursandman»

 26 MART, 2026, 05:42

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe o'zi maydonda bo'lmagan vaqtda jamoa ko'rsatgan natijalar haqida fikr bildirdi.

Frantsiyalik futbolchi jarohati sababli «qaymoqranglilar»ning beshta o'yinini o'tkazib yubordi, oxirgi ikki uchrashuvda esa ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushdi. Mbappe asosiy tarkibda bo'lmagan jami ettita o'yinda Alvaro Arbeloa shogirdlari oltita g'alabaga erishib, bir bor mag'lubiyatga uchrashdi.

«Hozir mavsumning juda muhim pallasi. Men jamoaning mensiz ham g'alaba qozonishini xohlagandim va bunga erishilganidan xursandman. Jarohat olgan vaqtimda ko'pchilik meni yagona echim deb aytgandi, ammo bu unday emasligi ma'lum bo'ldi. Bu juda yaxshi», — deya hujumchining so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.

Payshanba kuni Kilian Mbappe bir oydan ko'proq vaqt ichida ilk bor uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashi mumkin — Frantsiya terma jamoasi Braziliyaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ