logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Liverpul» Bredli Barkolyani kuzatmoqda

 25 MART, 2026, 23:18

«PSJ» vingeri Bredli Barkolya «Liverpul»ning qiziqishlar doirasiga tushdi.

Jurnalist Fabris Xokinsning ma'lumotlariga ko'ra, «qizillar» futbolchining Parij klubi bilan shartnomasini uzaytirish borasidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishmoqda. «Liverpul» Barkolani shu yozda jamoani tark etadigan Muhammad Salohga munosib o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Bredli Barkolya 2023 yilda «Lion»dan «PSJ»ga 45 million evro evaziga o'tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda vinger parijliklar safida barcha turnirlarda 38 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Barkolyaning narxini 70 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ