logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Rasman. Senegal Sport arbitraj sudiga murojaat qildi

 25 MART, 2026, 22:42

Afrika millatlar kubogi–2025 finali atrofidagi mojaro yangi bosqichga chiqdi. Senegal futbol federatsiyasi Sport arbitraj sudiga rasmiy apellyatsiya topshirdi.

Ma'lum qilinishicha, senegalliklar Afrika futbol konfederatsiyasi qaroriga norozilik bildirmoqda. Ushbu qarorga ko'ra, Senegal terma jamoasi finaldagi g'alabadan mahrum etilgan va texnik mag'lubiyat yozilgan edi.

Eslatib o'tamiz, final bahsi 2026 yil 18 yanvar kuni Rabat shahrida Senegal va Marokash terma jamoalari o'rtasida o'tgandi. Asosiy vaqt oxirida senegallik futbolchilar o'z darvozasiga belgilangan penaltiga norozilik sifatida maydonni tark etgan. Taxminan 15 daqiqalik tanaffusdan so'ng ular maydonga qaytishgan va Braim Dias ijro etgan penaltini Eduar Mendi qaytargan.

Qo'shimcha vaqtda esa Pape Guye tomonidan urilgan gol Senegalga g'alaba keltirgandi. Biroq 18 mart kuni Marokash futbol federatsiyasi apellyatsiyasi qanoatlantirilib, natija bekor qilindi va Marokash g'olib deb e'lon qilindi.

25 mart kuni Sport arbitraj sudi tomonidan ro'yxatga olingan yangi apellyatsiyada Senegal tomoni CAF qarorini bekor qilish va o'zlarini turnir g'olibi sifatida tan olishni talab qilmoqda. Hozircha ishni ko'rib chiqish sanasi belgilanmagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ