logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

79% qaytarilgan zarbalar: Joan Garsiya "Barselona"da Ter Shtegenning o'rnini munosib to'ldirmoqda

 25 MART, 2026, 22:06

Darvozabon Joan Garsiyaning «Espanol»dan «Barselona»ga o'tganidan bir necha oy o'tib, bu transfer uning yangi jamoasi uchun juda foydali bo'lganini ishonch bilan aytish mumkin. Opta statistika kompaniyasi 24 yoshli ispaniyalik posbonning o'yini bilan bog'liq raqamlarni e'lon qildi.

Ushbu ma'lumotlarga ko'ra, Garsiya chempionatda kamida 10 ta o'yinda ishtirok etgan barcha darvozabonlar orasida darvoza sohasiga yo'llangan zarbalarni qaytarish bo'yicha etakchilik qilmoqda. Garsiyaning ko'rsatkichi 79 foizni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, «Real Sosedad» vakili Aleks Remiro 62 foizlik natija bilan eng yomon ko'rsatkichni qayd etdi.

Joriy mavsumda Joan Garsiya klub miqyosida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 35 ta gol o'tkazib yubordi va 15 ta o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ