logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Romeroning "Tottenxem" bilan shartnomasida ispan grandi uchun alohida band bor

 25 MART, 2026, 21:42

«Tottenxem» himoyachisi Kristian Romero faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

Marca nashrining xabariga ko'ra, argentinalik futbolchi o'tgan yozda «shporlar» bilan shartnomasini 2029 yilning 30 iyuniga qadar uzaytirgan vaqtida, kelishuvga faqat «Atletiko Madrid» uchun amal qiladigan 60 million evrolik tovon puli haqidagi bandni kiritishni so'ragan. Ushbu yozda himoyachi yana «matraschilar»ning asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylanishi kutilmoqda. Futbolchining o'zi ham Madrid klubiga o'tish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilishga urinmoqda.

Kristian Romero 2022 yilda «Atalanta»dan «Tottenxem»ga 52 million evro evaziga o'tgan edi. Joriy mavsumda argentinalik himoyachi «shporlar» safida barcha turnirlarda 31 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ