logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Yuventus" Kambyasoga narx qo'ydi

 25 MART, 2026, 18:48

«Yuventus» qanot himoyachisi Andrea Kambyasoni qancha summaga qo'yib yuborishga tayyor ekanligi ma'lum bo'ldi.

Jurnalist Ekrem Konurning ta'kidlashicha, turinliklar 26 yoshli italiyalik futbolchi uchun 50 million evro miqdorida qat'iy narx belgilashgan. Manbaga ko'ra, vaziyatni «Liverpul», «Manchester Siti», «Real» va «Barselona» kabi klublar kuzatib borishmoqda.

Joriy mavsumda Kambyaso barcha turnirlarda 39 ta o'yinda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va o'z hisobiga 4 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Kambyasoning «Yuventus» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining bozor qiymatini 30 million evroga baholamoqdalar.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ