logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» va «Liverpul» Maykl Olise uchun rekord summalarni taklif qilmoqda

 25 MART, 2026, 18:48

Bir yo'la bir nechta top-klublar «Bavariya» vingeri Maykl Oliseni o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda.

MatchDay Central nashrining xabariga ko'ra, «Real Madrid» frantsiyalik futbolchining transferi uchun taxminan 165 million evro to'lashga tayyor. «Liverpul» esa Oliseni shu yozda jamoani tark etadigan Muhammad Salohning o'rinbosari sifatida ko'rmoqda. Myunxen klubi vingeri uchun «qizillar» 200 million evro sarflashga tayyor ekanliklari aytilmoqda. Shuningdek, «Manchester Siti» ham Olisega qiziqish bildirmoqda, biroq «shaharliklar» hozircha aniq taklif bilan chiqish borasida bir qarorga kelishmagan.

Qayd etilishicha, frantsiyalik futbolchining sotuvidan juda katta mablag' ishlab olish mumkin bo'lsa-da, «Bavariya» Olisening transferi bo'yicha hech qanday taklifni ko'rib chiqmoqchi emas.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ