logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Real"da masxarabozlik: Klub shifokorlari yulduzlarni bepul ChatGPT orqali "davolashgan"!

 25 MART, 2026, 15:32

Madridning "Real" klubi tibbiy shtabi atrofidagi mojarolar yangi bosqichga chiqdi.

Klubning sobiq nutriciologi Iciar Gonsalesning aytishicha, "Qirollik klubi" shifokorlari professional tavsiyalarni chetga surib, suniy intellekt maslahatlariga tayanishgan.

Gonsalesning takidlashicha, shifokorlar futbolchilarga qanday qo'shimchalar (vitaminlar) berish kerakligini aniqlash uchun ChatGPT'ning tekin versiyasidan foydalanishgan. "Ular menga ovqatlanishning ahamiyati yo'qligini aytishdi va ishimga past nazar bilan qarashdi", — deydi mutaxassis.

Bu ayblovlar klubdagi tizimli inqiroz fonida yangramoqda. Eslatib o'tamiz, avvalroq tibbiy shtab Mbappening jarohatlangan chap tizzasi qolib, sog'lom o'ng tizzasini tekshirgani malum bo'lgan edi. SHuningdek, Gonsales shtabdagi muhitni "diktatura" deb atadi.

Hozirda nutriciolog o'z reputaciyasini himoya qilish uchun "Real"ni sudga bergan. Florentino Peres esa ushbu voqealardan so'ng tibbiy xizmatda katta islohotlar o'tkazishni rejalashtirmoqda.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ