logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Liverpul» Salohning ketishi bilan bog'liq muammoni qisman hal qildik, deb hisoblamoqda

 25 MART, 2026, 14:18

«Liverpul» rahbariyati o'tgan yozda hujumchi Aleksander Isak va hujumkor yarim himoyachi Florian Virtsni sotib olish orqali qanot hujumchisi Muhammad Salohning kelajakdagi ketishi bilan bog'liq muammoni qisman hal qildik deb hisoblamoqda. Ushbu futbolchilarning transferi jamoa hujum chizig'ini qayta qurishdagi asosiy qadam sifatida ko'rilmoqda. Bu haqda jurnalist Asim o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar berdi.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, mersisaydliklar yozda yangi vinger sotib olinganidan keyin 33 yoshli yulduzning ketishi bilan bog'liq masalani to'liq bartaraf etishni kutishmoqda.

Saloh 2017 yildan beri «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida 33 yoshli hujumchi barcha turnirlarda 435 ta o'yinda ishtirok etib, 255 ta gol va 122 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ