"Meni yaxshi ko'rasizmi yoki yo'q - baribir UFC chempioni bo'laman!" - Evloev
25 MART, 2026, 14:16
UFC yarim engil vazn toifasi jangchisi Movsar Evloev o'ziga nisbatan aytilgan tanqidlar haqida fikr bildirdi."Barcha meni yomon ko'ruvchilarga - men enggan ayrim raqiblarim men haqimda ko'p gapirishdi va ular xushmuomala bo'lishmadi. Bazilar esa hurmat bilan munosabatda bo'lishdi. Qanday bo'lmasin, siz meni yaxshi ko'rasizmi yoki yomon ko'rasizmi, men chempion bo'laman, siz esa — yo'q. Men faqat g'oliblarga etibor qaratayapman. Mag'lub bo'lganlar ham g'oliblarga qarab yashaydi, garchi ular allaqachon yutqazgan bo'lsa ham", — deb yozdi Evloev X ijtimoiy tarmog'ida.
Manba: olamsport.com
