logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ronaldo Neymarning terma jamoadagi o'rni haqida gapirdi

 25 MART, 2026, 14:12

Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldo Neymarning bahorgi o'rtoqlik uchrashuvlari qaydnomasiga kiritilmaganiga izoh berdi.

«So'nggi paytlarda Neymar jiddiy jarohatlarga duch keldi, ammo agar u yaxshi holatda bo'lsa, men uni JCh-2026 tarkibiga kiritgan bo'lardim. U barcha o'yinlarni to'liq o'tkazmasligi mumkin, lekin texnik jihatdan u juda muhim o'yinchi va o'z qiymatini har bir klubda isbotlagan.

Umid qilamanki, u sport formasida bo'ladi va Anchelotti uchun tayyor turadi. Ishonchim komilki, agar Neymar tayyor bo'lsa, Anchelotti uni Jahon chempionatiga olib boradi», — dedi Ronaldo. Uning so'zlarini AS nashri keltirmoqda.

Avvalroq, Neymarning harakatlari Braziliya futbol federatsiyasining hafsalasini pir qilgani va uning Jahon chempionatiga borish imkoniyatlari juda past ekanligi haqida xabarlar berilgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ