«PSJ»: «Bu frantsuz futboli manfaati uchun»
25 MART, 2026, 13:54
«PSJ» vakili klubning Liga 1 doirasidagi «Lans»ga qarshi o'yinini boshqa muddatga ko'chirish istagi haqidagi ma'lumotlarga izoh berdi.
Avvalroq, «PSJ» va «Strasbur» klublari Chempionlar Ligasi va Konferentsiyalar Ligasi doirasidagi «Liverpul» hamda «Maynts»ga qarshi uchrashuvlar oralig'ida belgilangan ichki chempionat o'yinlarini ko'chirishni so'rayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
«Ikkita frantsuz klubining evrokuboklar yarim finaliga chiqish istiqboli Liga 1 uchun ham sport, ham iqtisodiy jihatdan katta imkoniyatdir.
Taqvimdagi bunday o'zgarishlar ilgari ham Professional futbol ligasi (LFP) tomonidan evrokuboklarda ishtirok etayotgan ko'plab frantsuz klublari manfaatlari yo'lida muntazam ravishda amalga oshirib kelingan», — deb ma'lum qildi klub vakili.
