«Manchester Yunayted» va «Liverpul» Ryudigerni qo'lga kiritmoqchi
25 MART, 2026, 13:48
«Real» himoyachisi Antonio Ryudiger Angliyaga qaytishi mumkin.
Italiyaning Tuttosport nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, «Manchester Yunayted» va «Liverpul» klublari germaniyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
2022 yil yozida «Chelsi»dan erkin agent sifatida o'tganidan beri Ryudiger «Real» tarkibida 174 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushdi. Biroq tez orada u yana erkin agentga aylanishi mumkin, chunki uning madridliklar bilan shartnomasi shu yozda nihoyasiga etadi.
Joriy mavsumda himoyachi Ispaniya chempionatida 12 ta o'yinda ishtirok etib, 1 ta gol muallifiga aylandi.
