«Manchester Yunayted» frankfurtlik yosh yulduzlar uchun kurashga qo'shildi
25 MART, 2026, 13:42
«Manchester Yunayted» chap qanot himoyachisi Nataniel Braun va yarim himoyachi Xugo Larssonga qiziqish bildirmoqda.
Daily Mail nashrining xabar berishicha, «qizil iblislar» skautlari 22 yoshli nemis va 21 yoshli shved futbolchilarining imkoniyatlari bilan tanishish uchun yaqinda bo'lib o'tgan Frankfurtning «Ayntraxt» va «Maynts» jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga tashrif buyurishgan. Premer-liganing boshqa klublari vakillari ham ushbu o'yinchilarning muvaffaqiyatlarini kuzatib borishmoqda.
Transfermarkt portali talqiniga ko'ra, Nataniel Braunning bozor qiymati 35 mln evroni, Xugo Larssonniki esa 32 mln evroni tashkil etadi. Futbolchilarning «Ayntraxt» bilan amaldagi shartnomalari mos ravishda 2030 va 2029 yilgacha mo'ljallangan.
