logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Chelsi» hujumchisi «Barselona» taklifini rad etdi

 25 MART, 2026, 13:18

Londonning «Chelsi» klubi markaziy hujumchisi Joao Pedro «Barselona»ning qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi.

Taniqli jurnalist Saymon Fillipsning xabar berishicha, «Barselona» sport direktori Deku 24 yoshli braziliyalik futbolchining vakili bilan ehtimoliy transfer masalasida bog'langan. Biroq Pedroning o'zi «Stemford Bridj»ni tark etish niyati yo'qligini aniq bildirgan.

Pedro o'tgan yozdan beri «Chelsi» sharafini himoya qilib kelmoqda. O'shandan beri u barcha musobaqalarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Pedroning «Chelsi» bilan shartnomasi 2033 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 75 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ