logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ronaldu jarohatidan so'ng maxsus dastur asosida shug'ullanmoqda

 25 MART, 2026, 13:12

«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu fevral oyi oxirida olgan jarohatidan so'ng jadal sur'atlarda tiklanish jarayonini o'tamoqda. 41 yoshli futbolchi mushaklaridagi muammolar sababli Portugaliya terma jamoasi ixtiyoriga yo'l olmadi.

Al Nassr Zone nashrining Saudiya OAVlariga tayanib xabar berishicha, Ronaldu reabilitatsiyani davom ettirmoqda — u maydonga imkon qadar tezroq qaytish uchun maxsus dastur asosida shug'ullanmoqda. Biroq, futbolchining qaytish sanasi hozircha belgilanmagan. Tez orada hujumchining 3 aprel kuni bo'lib o'tadigan «Al-Najma»ga qarshi o'yinda ishtirok etish imkoniyatlari qanchalik yuqori ekanligi ma'lum bo'ladi.

Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida Krishtianu Ronaldu 22 ta uchrashuvda 21 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ