logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Bavariya» Maykl Olisening kelajagi borasida xotirjam

 25 MART, 2026, 12:42

«Bavariya» vingeri Maykl Olise yaqin kelajakda sotib yuborilishi dargumon. Frantsiyalik futbolchini muntazam ravishda «Liverpul», Madridning «Real» klubi va boshqa top-jamoalar bilan bog'lashmoqda, biroq transfer ehtimoli juda past ko'rinmoqda.

«Biz bunday mish-mishlarga vaqt sarflamaymiz. Olise — «Bavariya» futbolchisi va bu erda unda top-futbolchilar orzu qilishi mumkin bo'lgan hamma narsa bor. Mayklning shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi va unda tovon puli haqida hech qanday band yo'q, shuning uchun biz xotirjammiz», — deya «Bavariya» sport bo'limi rahbari Maks Eberlning so'zlarini keltirmoqda Bayern & Germany.

Maykl Olise Bundesliga grandi safiga 2024 yil yozida Angliyaning «Kristal Pelas» klubidan kelib qo'shilgan edi. Transfermarkt talqiniga ko'ra, 24 yoshli yulduzning bozor qiymati 140 mln evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ