logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Lineker Salohning ketishiga munosabat bildirdi

 25 MART, 2026, 12:30

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Gari Lineker misrlik hujumchi Muhammad Salohning joriy mavsum yakunida «Liverpul»ni tark etishi haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

«Muhammad jamoadan ketmoqda. Uning «Liverpul»dagi to'qqiz yillik faoliyati ajoyib o'tdi. Uning shuncha vaqt davomida shu erda bo'lgani juda zo'r ish. Unga kelgusi faoliyatida barcha eng yaxshi tilaklarni tilab qolaman», — deya Linekerning so'zlarini keltirmoqda The Rest is Football akkaunti.

Eslatib o'tamiz, Saloh 2017 yildan beri «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda. Umumiy hisobda hujumchi mersisaydliklar tarkibida 435 ta o'yinda ishtirok etib, 255 ta gol va 122 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ