logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Tottenxem» Chempionshipga tushib ketsa, iqtidorli vinger jamoani tark etadi

 25 MART, 2026, 12:24

Londonning «Tottenxem» klubining 20 yoshli yarim himoyachisi Archi Grey, agar «shporlar» joriy mavsum yakunlariga ko'ra Chempionshipga tushib ketsa, jamoani tark etadi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaning ta'kidlashicha, jamoa quyi ligaga tushib ketgan taqdirda, Greyning «Aston Villa»ga transfer qilinishi deyarli aniq. Biroq vaziyatni «Manchester Yunayted» va «Chelsi» ham sinchiklab kuzatib bormoqda. Ehtimoliy kelishuv summasi 51–63 mln evroni tashkil etishi mumkin.

«Tottenxem» Greyni 2024 yilda «Lids»dan 41 mln evro evaziga sotib olgan edi. Ushbu mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda jami 32 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 2 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ