Fabregas APL grandining boshqaruviga da'vogarlik qilmoqda
25 MART, 2026, 11:54
Hozirda «Komo» bosh murabbiyi lavozimida faoliyat yuritayotgan ispaniyalik mutaxassis Sesk Fabregas Angliya Premer-ligasining top-klublaridan biri — Londonning «Chelsi» jamoasi qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi.
Teamtalk jurnalistlarining xabar berishicha, «aristokratlar» murabbiyning A Seriyadagi faoliyatini diqqat bilan kuzatib borishmoqda. Agar amaldagi bosh murabbiy Liam Rosenor bilan xayrlashishga qaror qilinsa, Fabregas ushbu lavozimga asosiy nomzod bo'lib turibdi.
Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida London klubi 48 ochko bilan oltinchi o'rinni egallab turibdi. «Chelsi» beshinchi o'rindagi «Liverpul»dan bir ochkoga ortda qolmoqda.
