logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:50
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ferdinand: "Neymar hatto Ronaldu va Messi ham qila olmagan ishni qildi"

 25 MART, 2026, 09:06

Angliyalik mashhur sobiq himoyachi Rio Ferdinand bo'lajak Jahon chempionatiga bormaslik xavfi ostida turgan Neymarning noyob iqtidori haqida gapirdi.

«Santos»ning 34 yoshli hujumchisi Karlo Anchelottidan yaqin oradagi o'rtoqlik o'yinlari uchun taklif olmadi. Katta ehtimol bilan, yulduz futbolchi mundial qaydnomasidan ham joy olmaydi.

«O'z vaqtida Neymar butun dunyoda hech kim qila olmaydigan ishlarni bajarardi. Men Krishtianu Ronaldu va Lionel Messini ham nazarda tutyapman — hatto ular ham bunga qodir emasdilar», — deya Ferdinandning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda The Touchline.

Braziliyaga qaytgunga qadar Neymar «Al-Hilol», «PSJ» va «Barselona» klublarida to'p surgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ