«Inter» Kalaforini Italiyaga qaytarmoqchi, ammo «Arsenal»ning rejalari boshqacha
25 MART, 2026, 08:54
Londonning «Arsenal» klubi himoyachisi Rikardo Kalaforining o'z vataniga qaytishi bilan bog'liq xabarlar tarqalishda davom etmoqda.
Yaqinda Milanning «Inter» klubi italiyalik futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi. Football Insider nashrining xabar berishicha, «kanonirlar» rahbariyati kelayotgan yozda Kalafori bo'yicha tushadigan takliflarni ko'rib chiqishni rejalashtirmayapti.
«Inter» 23 yoshli futbolchini o'zlarining asosiy maqsadlaridan biri sifatida belgilagan, biroq «Arsenal» ham o'yinchiga ishonch bildirmoqda va yaqin kelajakda uni sotish niyatida emas. Transfermarkt portali ekspertlarining talqiniga ko'ra, «Bolonya»ning sobiq yulduzining taxminiy bahosi 50 million evroni tashkil etadi.
