logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Anchelotti Vinisiusning JChdagi roliga to'xtaldi

 25 MART, 2026, 08:48

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchi Vinisius Junior haqidagi savolga javob berdi.

25 yoshli futbolchi joriy mavsumning ikkinchi yarmida ajoyib formaga kirib oldi. Madridning «Real» klubi forvardi bo'lajak Jahon chempionatida «pentakampeonlar» hujum chizig'ida etakchilik rolini o'z zimmasiga olishi kutilmoqda.

«O'ylaymanki, Vini Jahon chempionatini a'lo darajada o'tkazadi. U har doim o'yin taqdirini o'zgartirib yuborishga qodir, lekin hujumda bizda boshqa ajoyib o'yinchilar ham bor — masalan, Rafinya va Estevao. Hamma narsa faqat bir futbolchiga bog'liq emas — bizning tarkibimiz juda kuchli», — deya Anchelottining so'zlarini keltirmoqda Brasil Football.

Mundialda braziliyaliklar Marokash, Gaiti va Shotlandiya terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olishgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ