logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Arsenal» o'z tarbiyalanuvchisiga 50 million funt narx belgiladi

 25 MART, 2026, 08:36

«Arsenal» shu yozda himoyachi Maylz Lyuis-Skellini sotishga tayyor.

TEAMtalk nashrining ma'lumotlariga ko'ra, futbolchi uchun kurashga «Chelsi» ham qo'shildi. Londonliklar bu borada «Manchester Yunayted», «Everton» va «Brentford» klublariga raqobat tug'dirishga tayyor. «Kanonirlar» o'z o'yinchisi uchun 30 million funt sterling miqdorida narx belgilashgan. Himoyachining o'zi ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istayotgani sababli «Arsenal»ni tark etmoqchi.

Maylz Lyuis-Skelli «Arsenal» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning London klubi bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda himoyachi «kanonirlar» safida barcha turnirlarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ