logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Muhammad Salohning Angliyadagi 9 yillik hukmronligi raqamlarda

 25 MART, 2026, 08:36

Misrlik futbolchi Muhammad Saloh 2017/18 yilgi mavsumdan beri (futbolchi «Liverpul»ga kelib qo'shilgan vaqtdan boshlab) Angliya chempionatining «gol + pas» tizimi bo'yicha eng yaxshi o'yinchilari ro'yxatini boshqarib kelmoqda.

Squawka statistik portalining hisob-kitoblariga ko'ra, Saloh 310 ta o'yinda 281 ta golli harakatni amalga oshirgan (Transfermarkt esa bundan bitta ko'p golli uzatmani qayd etgan). Ikkinchi o'rinni «Tottenxem» a'zosi Son Xyon Min (173) egallagan bo'lsa, kuchli uchlikni uning sobiq jamoadoshi Garri Keyn (169) yakunlab bergan.

Shuningdek, kuchli o'ntalikdan quyidagi futbolchilar joy oldi: Kevin de Bryuyne (150), Brunu Fernandesh (137), Rahim Sterling (135), Jeymi Vardi (132), Erling Xoland (130), Olli Uotkins (119) va Markus Reshford (118).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ