«Manchester Yunayted» Kazemiro o'rniga 80 millionlik yulduzni sotib olishi mumkin
25 MART, 2026, 08:24
«Manchester Yunayted» jamoani tark etayotgan Kazemironing o'rniga yangi yarim himoyachi sotib oladi. Braziliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi shu yozda nihoyasiga etadi va agar kutilmagan holat yuz bermasa, kelishuv uzaytirilmaydi.
Jurnalistlar Kris Uiler va Neytan Soltning ma'lumotlariga ko'ra, «qizil iblislar» tajribali xavbek o'rnini bosishi mumkin bo'lgan uchta asosiy nomzodni tanlab bo'lishgan. Bular: 22 yoshli Adam Uorton («Kristal Pelas»), 23 yoshli Elliot Anderson («Nottingem Forest») va 25 yoshli Sandro Tonali («Nyukasl»).
Transfermarkt portali ikkala ingliz futbolchisining narxini 60 million evroga baholamoqda, italiyalik Tonalining bahosi esa ushbu saytda 80 million evroni tashkil etadi.
