logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Muhammad Saloh «Liverpul»ni tark etishini e'lon qildi

 25 MART, 2026, 07:36

Muhammad Saloh «Liverpul»dan ketishi haqida rasman bayonot berdi.

24 mart kuni Liverpul klubi misrlik vinger bilan mavsum yakunida xayrlashishini ma'lum qildi. Shu tariqa, Salohning mersisaydliklar safidagi 9 yillik faoliyati o'z nihoyasiga etadi.

Futbolchi ijtimoiy tarmoqlardagi videomurojaatida his-tuyg'ularini yashirmadi:

«Salom hammaga! Afsuski, bu kun keldi. Bu mening xayrlashuvimning birinchi qismi. Mavsum oxirida “Liverpul”ni tark etaman. Rostini aytsam, bu klub, bu shahar va bu insonlar hayotimning qanchalik katta qismiga aylanishini hech qachon tasavvur qilmaganman.

“Liverpul” – bu shunchaki futbol klubi emas. Bu ishq, tarix va ruh. Biz birga katta g'alabalarni nishonladik, muhim sovrinlarni qo'lga kiritdik va qiyin davrlarni ham elkama-elka engdik.

Bu erda bo'lgan barchaga rahmat aytmoqchiman. Ayniqsa, jamoadoshlarimga va muxlislarga. Sizlarning qo'llab-quvvatlashingizni so'z bilan ifoda etib bo'lmaydi. Bu men bilan abadiy qoladi.

Ketish doim oson emas. Sizlar menga hayotimdagi eng yaxshi damlarni taqdim etdingiz. Men har doim sizning bir bo'lagingiz bo'lib qolaman. Bu klub doim mening uyim bo'lib qoladi. Men va oilam uchun. Rahmat barchasi uchun».

Saloh «Liverpul» tarixidagi eng yorqin o'yinchilardan biri sifatida qoladi. U jamoa bilan birga bir qator yirik sovrinlarni qo'lga kiritib, klub afsonasiga aylandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ