APLda o'ynayotgan yulduz "Barsa"ga qaytishni istamoqda
24 MART, 2026, 23:00
«Tottenxem» yarim himoyachisi Xavi Simons Ispaniya chempionatiga ko'chib o'tishi mumkin.
ElNacional.cat nashrining xabariga ko'ra, niderlandiyalik futbolchi joriy mavsum yakunlanganidan so'ng London klubini tark etmoqchi. U o'zi tarbiyalangan «Barselona»ga qaytishga umid qilmoqda. «Shporlar» o'z o'yinchisining sotuvidan 40 million evro ishlab olmoqchi. Ushbu mablag' «ko'k-anorranglilar» uchun maqbul narx hisoblanadi.
Xavi Simons 2025 yilda «RB Leyptsig»dan «Tottenxem»ga 65 million evro evaziga o'tgan edi. Uning London klubi bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyunigacha amal qiladi. Joriy mavsumda yarim himoyachi «shporlar» safida barcha turnirlarda 40 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
