logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Jo Koul «Chelsi»ga «Tottenxem» yulduzini sotib olishni maslahat berdi

 24 MART, 2026, 22:48

«Chelsi»ning sobiq futbolchisi Jo Koul «ko'klar»ga «Tottenxem» himoyachisi Mikki van de Venni sotib olishni maslahat berdi.

«Menimcha, u ketmoqchi va u «Chelsi» uchun ajoyib xarid bo'lgan bo'lardi. Jamoa yuqori himoya chizig'ida o'ynashni istaydi, buning uchun esa yakkama-yakka kurashlarda yaxshi harakat qiladigan tezkor himoyachi kerak. Bu borada van de Ven shunchaki ajoyib», — deya Koulning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Metro Sport.

Mikki van de Ven 2023 yilda «Volfsburg»dan «Tottenxem»ga 40 million evro evaziga o'tgan edi. Uning London klubi bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyunigacha amal qiladi. Joriy mavsumda himoyachi «shporlar» safida barcha turnirlarda 38 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ