"Chelsi" yozda uchta muhim pozitsiyaga yangi o'yinchi qidiradi
24 MART, 2026, 22:48
«Chelsi» yozgi transfer oynasida bir yo'la bir nechta pozitsiyani kuchaytirish niyatida.
Jurnalist Mett Louning ma'lumotlariga ko'ra, London klubi joriy mavsum yakunlanganidan so'ng kamida bitta markaziy himoyachi, shuningdek, yarim himoyachi va hujumchi transferini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Ayni damda «Chelsi» Angliya chempionati turnir jadvalida 31 turdan so'ng 48 ochko jamg'argan holda oltinchi o'rinda bormoqda. Avvalroq «ko'klar» Chempionlar Ligasining 1/8 finalida «PSJ»ga ikki o'yin natijasiga ko'ra (umumiy hisob 2:8) imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etgan edi. Bundan tashqari, «Chelsi» Angliya Liga Kubogi yarim finalida «Arsenal»ga mag'lub bo'ldi, biroq Angliya Kubogi uchun kurashni davom ettirmoqda.
