logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ryudiger APLga qaytishi mumkin

 24 MART, 2026, 22:12

«Real» himoyachisi Antonio Ryudiger ilgari «Chelsi» sharafini himoya qilgan Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin.

Tuttosport nashrining xabariga ko'ra, 33 yoshli germaniyalik futbolchining xizmatlariga «Liverpul» qiziqish bildirmoqda. «Qizillar» futbolchining Madrid klubi bilan shartnomasi yakunlanib, erkin agentga aylanishi mumkinligidan foydalanib, uni shu yozda tekinga o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Antonio Ryudiger 2022 yilda «Chelsi»dan «Real»ga erkin agent sifatida o'tgan edi. Joriy mavsumda himoyachi «qaymoqranglilar» safida barcha turnirlarda 18 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol muallifiga aylandi. Ryudigerning transfer qiymati 9 million evroga baholanmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ