logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kazemiro qaror qabul qilishga shoshilmayapti

 24 MART, 2026, 22:12

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kazemiro faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

Globo Esporte nashrining xabariga ko'ra, Milanning «Inter» klubi braziliyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda va allaqachon 34 yoshli o'yinchi bilan yozgi transfer bo'yicha muzokaralarni boshlagan. Kazemiro esa o'ziga qiziqish bildirayotgan jamoalarga kelajagi borasidagi yakuniy qarorni faqat shu yozda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatidan so'ng qabul qilishini ma'lum qildi.

Kazemiro 2022 yilda «Real»dan «Manchester Yunayted»ga 70 million evro evaziga o'tgan edi. Shu yozda braziliyalik futbolchi «qizil iblislar» bilan shartnomasini uzaytirmasligi sababli erkin agentga aylanadi. Joriy mavsumda yarim himoyachi «MYu» safida 30 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ